Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Polsha harbiy vertolyotlarini Belarus chegarasiga joylashtirdi

Polsha harbiy vertolyotlarini Belarus chegarasiga joylashtirdi

Polsha 1 avgust kuni Belarus havo kuchlarining 2 ta vertolyoti ruxsatsiz Polsha hududiga kirganidan so‘ng mamlakat ikkita armiya brigadasining harbiy vertolyotlarini Belarus bilan chegaraga joylashtirdi.

Polsha qurolli kuchlari bosh qo‘mondonligining ta’kidlashicha, hujumchi vertolyotlar Podlyaskoye vodiysiga ko‘chirilgan. Ular to‘liq jangovar holatda.

Polsha 1 avgust kuni Belarusning ikkita vertolyoti mamlakat chegarasini buzib o‘tgani to‘g‘risida bayonot bergan edi. Bayonotda NATO rahbariyati bu voqeadan xabardor qilingani aytiladi.

Belarus Mudofaa vazirligi Polshaning ayblovlarini o‘ta o‘rinli deb atagan. Keyinroq, Belarus tashqi ishlar vazirligi Polshaning muvaqqat ishlar vakilini chaqirib, vaziyatni kuchaytirmaslikni so‘ragan.

Polsha mudofaa vaziri Mariush Blaщak chegaradagi hodisa yuzasidan shoshilinch tarzda milliy xavfsizlik qo‘mitasi yig‘ilishi o‘tkazilganini aytdi. Blaщak chegarada harbiylar sonini va harbiy vertolyotlarni ko‘paytirish to‘g‘risida buyruq bergan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring