Polsha deputati Germaniyadan 900 milliard dollar talab qildi

Polsha ikkinchi jahon urushida yetkazilgan zarar uchun Germaniyadan 900 milliard dollar tovon puli talab qiladi. Bu haqida Polsha Seymi deputati Yanush Shevchak WPolityce uchun bergan intervyusi davomida ma’lum qilib o‘tdi.
U 30 yil davomida Polsha hukumati tovon puli talab qilmay kelganini sharmandalik, deb baholagan. Deputatning aytishicha, faqat «Qonun va adolat» partiyasi bu qonunni Berlinga yetkazish uchun harakatlarni amalga oshirgan.
Shevchakning ta’kidlashicha, agarda ikkinchi jahon urushida Polsha vayron etilmaganda ancha rivojlangan davlatga aylangan bo‘lardi.
Ammo Germaniya hukumati Polsha talabiga bir necha bor rad javobini bergan. Bunga asos sifatida 1953 yilda Polsha hukumati rasman tovon pulidan voz kechgani ko‘rsatilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter