Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pokistondagi terakt qurbonlari soni 72 nafarga yetdi

Pokistondagi terakt qurbonlari soni 72 nafarga yetdi

Pokistonning Peshovar shahridagi masjidda hudkush tomonidan sodir etilgan portlash qurbonlari soni 72 kishiga yetdi, deya xabar bermoqda «GeoTV».

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, shahar Afg‘oniston bilan chegaradosh Xaybar-Paxtunxva viloyatida joylashgan. Terakt sodir etilgan masjidda 500 ga yaqin odam borligi aytilmoqda. 

Hujum uchun mas’uliyatni «Tehrik-ye-Tolibon Pokiston» (Tolibon harakati bilan bog‘liq bo‘lgan Pokiston Tolibon Harakati, TTP) o‘z zimmasiga oldi.

«Peshovardagi masjidda uyushtirilgan xudkushlik hujumi qurbonlari soni 72 kishiga yetdi, qutqaruvchilar vayronalar ostidan yana to‘qqiz nafar jasadni olib chiqdi», — deyiladi so‘nggi xabarda.

Yana 150 kishi jarohatlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring