Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pokistonda Islom ulamolari qurultoyida terakt sodir etildi. Oqibatda 44 kishi halok bo‘ldi

Pokistonda Islom ulamolari qurultoyida terakt sodir etildi. Oqibatda 44 kishi halok bo‘ldi

Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyatida sodir etilgan terakt qurbonlari soni 44 kishiga yetdi.

Mahalliy matbuotning xabar berishicha, portlash mamlakat koalitsion hukumati hamkorlaridan biri – Islom ulamolari jamiyati qurultoyi bo‘lib o‘tgan binoda sodir bo‘lgan.

Hozircha hech kim hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi. Portlash oqibatida kamida 44 kishi halok bo‘ldi, 200 dan ortiq kishi jarohatlandi.

Islom ulamolari jamiyati qurultoyida 500 dan ortiq delegatlar ishtirok etgan.

Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif voqeani tergov qilishni va aybdorlarni topishni buyurdi.

Mojarolar va xavfsizlikni o‘rganish instituti statistik ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan buyon Pokistonda teraktlar soni 79 foizga oshgan. Institut ma’lumotlariga ko‘ra, olti oy ichida mamlakatda 271 ta terakt sodir bo‘lgan, buning natijasida 389 kishi halok bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring