Pokistonda hukumat inqirozi: Imron Xon iste’foga chiqishi mumkin
Ertaga, 3-aprel kuni Pokiston parlamenti Imron Xon boshligidagi hukumatga ishonchsizlik votumini ovozga qo‘yadi.
Bosh vazir Imron Xon yuzaga kelgan vaziyatda tashqi kuchlarni ayblayapti (biroq aynan kimlar ekanini ochiq aytmadi). U o‘z tarafdorlarini ko‘chalarga chiqib, amaldagi hukumatni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
Pokiston hukumati tomonidan shakllantirilgan yetakchi partiyalar alyansi muxolifatga qo‘shilishini va mamlakat hukumatiga ishonchsizlik votumi uchun ovoz berishini ma’lum qildi. Oqibatda parlamentda muxolifat vakillari ko‘pchilikka aylandi.
Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, hamkorlikda tashkil etilgan matbuot anjumanida Pokiston demokratik harakati, Pokiston musulmonlar ligasi, Pokiston xalq partiyasi hamda Birlashgan xalq harakati partiyalari yetachilari o‘z pozitsiyalarini ma’lum qilishdi.
Pokiston parlamenti 28 mart kuni bosh vazirga ishonchsizlik votumini ovozga qo‘yish qarorini qabul qildi. Ushbu qaror qabul qilinishi uchun 161 nafar deputat o‘z ovozini berdi.
Agarda ertaga Milliy assambleyaning 342 a’zosidan 172 nafari ishonchsizlik votumini qo‘llasa, Imron Xon iste’foga chiqishga majbur bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter