Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pokistonda 106 yoshli ayol delta koronavirusidan tuzaldi

Pokistonda 106 yoshli ayol delta koronavirusidan tuzaldi

Foto: «En.dailypakistan.com.pk»

Pokistonda Delta shtammiga chalingan 106 yoshli ayol tuzaldi. Bu haqda ARY News telekanali xabar berdi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Hasin Bibi Karachidagi shifoxonada davolangan va sog‘ayib ketganidan keyin koronavirus bo‘limidan chiqarilgan.

Kasalxona xodimlari va ayolning qarindoshlari tortni kesib, uning sog‘ayib ketganini nishonladilar.

Iyul oyining birinchi yarmida delta shtammi Yevropaning aksariyat mamlakatlarida yetakchilik qildi. Bu haqda Yevropa kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish markazi (ECDC) va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) qo‘shma nashrida ma’lum qilindi.

B.1.617 shtammi Hindistonda 2020-yil oktyabr oyida aniqlangan. Olimlar uning uchta kichik turini kashf qilishdi: B.1.617.1, B.1.617.2 («delta») va B.1.617.3: ular boshoq oqsilining bir nechta mutatsiyalari bilan farq qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring