Pokiston sobiq prezidenti Musharraf o‘lim jazosiga hukm etildi
Pokiston sobiq prezidenti Parvez Musharraf davlatga xiyonat qilishda ayblanib, o‘lim jazosiga hukm etildi, deya xabar berdi «Samaa» telekanali.
Qaror maxsus sud hay’ati tomonidan qabul qilindi: uch kishidan ikkitasi oliy jazo uchun ovoz bergan.
Tergov natijalariga ko‘ra, 2001-yildan 2008-yilgacha Pokistonga rahbarlik qilgan Musharraf 2007-yilda davlatga xiyonat qilgan. O‘shanda u favqulodda holat e’lon qilib, Oliy sud a’zolarini hibsga olishni buyurgan. Hukumatning tashabbusi bilan 2013-yilda Musharrafga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2016-yil martda, Oliy sud mamlakatni tark etish taqiqlangan shaxslar ro‘yxatidan sobiq prezidentni chiqarib tashlagandan so‘ng 72 yoshli Musharraf davolanish uchun BAAga ketadi. O‘shandan beri u Dubayda. Tergovga ko‘ra, u suddan yashiringan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter