Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poyezddagi telefon o‘g‘risi muammolar girdobida qoldi

Poyezddagi telefon o‘g‘risi muammolar girdobida qoldi

Hindistonning Bihar shahrida yashovchi yigit poyezdda o‘g‘irlikka qo‘l urdi.

Ya’ni u yo‘lovchilardan birining telefonini o‘g‘irlab, vagon oynasidan qochib chiqmoqchi bo‘ldi. Ammo bu reja unga kutilmagan muammolarni keltirdi. Telefonidan quruq qolayotgan yo‘lovchi «mol achchig‘i jon achchig‘i» deganlaridek bosqinchini ushlab qoldi. Achinarlisi poyezd harakatlanishni boshlaganda o‘g‘rining ahvoli tang bo‘ldi. Tushib qolay desa tepada uni boshqa qo‘llar mahkam ushlab turibdi, uning ustiga poyezdning yurishi tezlashmoqda. Xullas, o‘g‘ri poyezd oynasiga osilgan holda ancha joyga bordi.

Xayriyat poyezd to‘xtadi va xavfli sayohat tugadi, ammo o‘g‘ri bundan yengil nafas olishi dargumon. Chunki uni tutish uchun endi pastda odamlar qurshab olishdi. O‘g‘rining sarguzashtlari hibsxonada davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring