Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poyezd avtobusni ikkiga bo‘lib yubordi (video)

Poyezd avtobusni ikkiga bo‘lib yubordi (video)

Videodan skrinshot

Niderlandiya janubi-g‘arbidagi Bergen-op-Zom shahrida 17-oktyabr tongida jiddiy YTH sodir bo‘ldi.

Guvohlar olgan videoga ko‘ra, salonida yo‘lovchilari bo‘lmagan avtobus temir yo‘l kesishmasi ustida buzilib, to‘xtab qolgan. Haydovchi avtobusni tashlab qochganidan so‘ng daqiqalar o‘tib, yetib kelgan poyezd avtobus bilan to‘qnashadi — mashinist to‘xtatishga ulgurmagan.

To‘qnashuv oqibatida avtobus ikkiga bo‘linib ketdi, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring