Pitsburgda o‘zbekistonlik erkak hibsga olindi
AQShning Pitsburg shahar Krenberri tumani politsiyasi 23 yoshli o‘zbekistonlikni 15 yoshli qiz bilan intim aloqaga uringanlikda ayblamoqda.
Shahar politsiyasi bergan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Maqsudjon Qosimov bir necha kun davomida ijtimoiy tarmoqda o‘zini 15 yoshli qiz sifatida tanishtirgan FQB agentlariga hayosiz-ochiq videolarni jo‘natib kelgan.
O‘zaro yozishmalardan so‘ng Qosimov voyaga yetmagan qiz bilan uning «uy»ida uchrashuvga kelishgan va qiz bergan manzil – Allegeni okrugiga qarab yo‘lga chiqqanida Pitsburg FQB idorasi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Hozirda u mahalliy Batler turmasiga joylashtirilgan. Dastlabki sud 11-avgust kuniga belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter