Piramidalar yaqinida halokat: sakkiz kishi halok bo‘ldi
Misrda mikroavtobus sug‘orish kanaliga tushib ketishi natijasida sakkiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Misr OAVlariga asoslanib «TASS» xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, voqea mamlakat poytaxti janubidagi Giza piramidalari yaqinidagi El-Maretiya hududida yuz bergan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan, shundan so‘ng mashina ag‘darilib, kanalga tushib ketgan. Yetti kishi o‘zini xavfsiz joyga olishga muvaffaq bo‘lgan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, har yili Misrda avtohalokatlar natijasida 12000 kishi halok bo‘ladi. Misrning Jamoatchilik harakati va statistika bo‘yicha markaziy agentligining (CAPMAS) ma’lumotlariga ko‘ra, yaqinda mamlakatda yo‘l-transport hodisalari 25 foizga kamaydi. Aksariyat hollarda baxtsiz hodisalarning sababi inson omilidir, haydovchilar yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzishi, tezlikni oshirganliklari va quvib o‘tish paytida xavfli manevrlari bunga sabab bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter