Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Petrushka urug‘larini yetishtirish uchun – uch yilgacha qamoq

Petrushka urug‘larini yetishtirish uchun – uch yilgacha qamoq

Rossiyada petrushka urug‘larini yetishtirganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. Bu haqda huquq himoyachisi, «Korchago va Partnerlar» advokatlar assotsiatsiyasi raisi Yevgeniy Korchago «Praym» agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

«Petrushka urug‘lari sanitariya qoidalari va normalarining «Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va ozuqaviy qiymatiga nisbatan gigienik talablari» ro‘yxatiga kiritilgan.  Biroq, petrushka o‘zi taqiqqa kirmaydi, shuning uchun ko‘katlarni yetishtirish va iste’mol qilish mutlaqo qonuniydir. Taqiqlangan o‘simliklar ro‘yxatiga faqat petrushka urug‘lari kiritilgan, ulardan inson salomatligi uchun xavfli yog‘ tayyorlanishi mumkin», – deya tushuntirdi u.

Agar urug‘larni yetishtirishda giyohvand moyini olish maqsadida amalga oshirilganligi isbotlansa, buning uchun  Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 228-moddasiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.

Buning uchun uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki shu muddatga ozodlikdan mahrum qilishgacha bo‘lgan jazo belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring