Petro Poroshenkoga qarshi «siyosiy ta’qiblar» bo‘yicha ish ochildi
Ukraina Milliy korrupsiyaga qarshi byurosi (NABU) sobiq prezident Petro Poroshenkoga qarshi siyosiy ta’qiblar bo‘yicha ish ochdi. Bu haqda uning advokati Ilya Novikovga tayanib, «NV» xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, sobiq prezidentni «siyosiy ta’qib qilish» vazifasi Davlat tergov byurosining (GBR) sobiq rahbari Roman Tuba oldiga qo‘yilgan.
Poroshenko 14 ta jinoiy ishda qatnashishi nazarda tutilmoqda. Bundan tashqari, u ikki holatda gumon qilinuvchi sifatida ro‘yxatga olingan.
Eslatib o‘tamiz, sobiq prezident Petro Poroshenkoga nisbatan jinoiy ishni yopilishi haqidagi sud qarori ham mavjud.
Avvalroq, Poroshenko Germaniya orqali Ispaniyaga yo‘l olgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter