Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Peskov Kremlga hujum ortida turgan asosiy davlat nomini aytdi

Peskov Kremlga hujum ortida turgan asosiy davlat nomini aytdi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Peskovning aytishicha, Kiyev va Vashingtonning Kremlga uchuvchisiz samolyot hujumiga aloqadorligini «inkor etish»ga urinishlari «bema’nilik».

«Bunday hujumlar bo‘yicha qaror Kiyevda emas, Vashingtonda qabul qilinishini yaxshi bilamiz. Ko‘pincha hatto maqsadlarni Kiyev emas, Vashington belgilaydi. Har safar ham Kiyevga vositalarni tanlash huquqi berilmaydi. Vashington biz buni bilishimizni aniq tushunishi kerak», deydi u.

Kreml dron hujumi ortida AQSh turganiga ishonadimi, degan savolga Peskov shunday javob berdi: «Albatta. Bunday qarorlarning barchasi Vashingtondan Kiyevga buyuriladi».

Eslatib o‘tamiz, Kreml matbuot xizmati 3 may kuni kechqurun Ukraina tomoni Rossiya prezidenti qarorgohiga dron orqali zarba berishga uringani haqida bayonot berib, bu harakatni suiqasd deb atagan edi.

Ukraina prezidenti matbuot kotibi Sergey Nikiforov Kremlga hujumga Kiyevning aloqadorligini rad etgan. Unga ko‘ra, Ukrainaning maqsadi Moskvani nishonga olish emas, balki bosib olingan hududlarni ozod qilishdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring