Pashinyanga ultimatum qo‘yildi
Yerevanda namoyishchilar Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanga kelayotgan seshanba kuni soat 12:00gacha o‘z lavozimidan ketishini talab qilishdi, deb xabar berdi RIA Novosti.
«Agar u buni qilmasa, itoatsizlik harakatlari butun mamlakat bo‘ylab yoyiladi. Agar u seshanba kunigacha lavozimidan ketmasa, biz uni o‘zimiz olib tashlaymiz», dedi muxolifat partiyasi vakili Ishxan Sagatelyan bosh vazir qarorgohi oldida yig‘ilganlarga.
Shanba kuni o‘n minglab namoyishchilar Yerevan markazida to‘planib, Pashinyanning iste’fosini talab qilishdi. Mitingdan keyin namoyishchilar uning hukumatdagi qarorgohiga bordilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter