Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Parlament Boris Jonsonni iste’foga chiqara olmadi

Parlament Boris Jonsonni iste’foga chiqara olmadi

Foto: «Flickr»

Buyuk Britaniya parlamentida bosh vazir Boris Jonsonni iste’foga chiqarish masalasi yopiq ovoz berishda hal bo‘ldi. Voqeani «Sky News» telekanali 6-iyun kuni jonli efirda yoritdi.

Jonsonga ishonchsizlik bildirgan deputatlar soni yetarli bo‘lmagani uchun, u lavozimida qoldi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi va lokdaun paytida bosh vazir Dauning-stritdagi qarorgohida ziyofat tashkil etgani uchun iste’foga chiqarilishi talab etilayotgandi.

Boris Jonson lavozimida qolishi uchun Konservatorlar partiyasining kamida 180 ta ovozi kerak edi. Uni iste’foga chiqarish uchun 148 ta ovoz berildi, lavozimida qolishini yoqlaganlar — 211 nafar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring