Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Pandemiyaga moslashgan» osmono‘par bino qurilishi boshlandi

«Pandemiyaga moslashgan» osmono‘par bino qurilishi boshlandi

Foto: «OPISAS»

Mayami shahri (AQSh) meri Frensis Suares «Legacy Tower» osmono‘par binosi qurilishi boshlanganini e’lon qildi. Dunyodagi ilk «barchasi bittada» majmuasi pandemiya sharoitida ham faoliyat olib borish uchun kerakli hamma jihozlar bilan ta’minlanadi, dedi Suares.

Balandligi 182 metrli 55 qavatli binoda 310 ta xususiy apartament, 219 ta mehmonxona xonasi joylashadi, 10 ta qavati tibbiyot muassasalariga ajratiladi. Loyiha uchun 500 million dollar ajratilgan, deb yozmoqda «GlobeNewswire».

«Legacy Tower»ning o‘ziga xosligi unda COVID-19 pandemiyasi sharoitida ham yashash tarzi inobatga olinganidir», — dedi «Royal Palm Companies» bosh direktori Daniel Kodsi.

«Miami Worldcenter»ning bir qismi sanalgan ushbu osmono‘par bino AQSh ko‘chmas mulk sohasida kattaligi bo‘yicha ikkinchi loyiha hisoblanadi. Uni qurishda «Adventist Health», «Blue Zones», «Accor Hotels» va «Royal Palm Companies» kompaniyalari qatnashadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring