Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston yil oxirigacha 3,8 mln tonna Qozog‘iston bug‘doyini sotib oladi – OAV

O‘zbekiston yil oxirigacha 3,8 mln tonna Qozog‘iston bug‘doyini sotib oladi – OAV

Qozog‘iston Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022/2023-yilgi mavsumda mamlakat O‘zbekistonga don va un yetkazib berish hajmini oshirgan. Bu haqda «Harvest Kazakhstan» ulgurji savdo tashkiloti rahbari direktori o‘rinbosari Kazibek Omarovning «APK-Inform»ga bergan intervyusida ma’lum qilindi.

– O‘zbekistonga don va un eksporti o‘tgan mavsumga nisbatan oshdi. Joriy 2022/23-yil oxiriga kelib eksport 3,80-3,85 million tonnaga yetishi kutilmoqda. Ammo shuni hisobga olish kerakki, avvalgi 2021/22-yilgi mavsum quruq bo‘lgan, narxlar yuqori bo‘lgan va bundan tashqari, davlat tomonidan eksport cheklovlari mavjud edi. Shu bilan birga, joriy mavsumda O‘zbekistonga don eksporti ko‘rsatkichlari salkam 3,9 million tonna don va un eksport qilingan 2020/2021-yilga nisbatan bir oz pastroqdir, – deydi Kazibek Omarov.

U, shuningdek, USDAning iyun oyidagi hisobotida O‘zbekistondagi yalpi bug‘doy hosilini 6,5 million tonna deb bashorat qilgani, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi esa iyun oyi oxiridagi yig‘im-terim natijalarini inobatga olib, 8 million tonna bug‘doy yig‘ib olishini e’lon qilgani haqida to‘xtalib, agar O‘zbekistonda yalpi bug‘doy hosili oshishi prognoz qilinsa, bu eksport uchun mavjud bo‘lgan don hajmini oshirish va importga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishga yordam berishini aytadi.

«Garchi men 6,5 million tonna bug‘doy yig‘ib olish prognoziga shaxsan shubha bilan qarasam ham», – deya qo‘shimcha qiladi Kazibek Omarov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring