Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Tojikiston Sarez ko‘lidan ichimlik suvi olish masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston va Tojikiston Sarez ko‘lidan ichimlik suvi olish masalasini muhokama qildi

Joriy yil 3-avgust kuni Dushanbe shahrida Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida Markaziy Osiyo transchegaraviy daryolari suv resurslaridan kompleks foydalanish bo‘yicha qo‘shma Ishchi guruhining 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Tojikiston Respublikasi energetika va suv resurslari vaziri Daler Juma, O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev va tomonlar delegatsiyalari ishtirok etdi. 

Uchrashuvda mintaqa mamlakatlarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun Sarez ko‘li suv resurslaridan foydalanish masalalari, Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida suv xo‘jaligi sohasida yangi qo‘shma transchegaraviy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Do‘st mamlakatlar - Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi suv resurslari sohasidagi hamkorlik kelgusida ham kengayib, mustahkamlanib borishiga ishonch bildirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring