Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Afg‘oniston «Hayraton-Mozori Sharif» temir yo‘lini ta’mirlash bo‘yicha shartnomani uzaytirdi

O‘zbekiston va Afg‘oniston «Hayraton-Mozori Sharif» temir yo‘lini ta’mirlash bo‘yicha shartnomani uzaytirdi

O‘zbekiston va Afg‘oniston «Hayraton-Mozori Sharif» temir yo‘lini ta’mirlash bo‘yicha shartnomani olti oyga uzaytirdi. Bu haqda Afg‘onistonning Tolonews agentligi ma’lum qildi.

Toshkent va Kobul o‘rtasida tuzilgan shartnoma Markaziy va Janubiy Osiyoni bog‘lash, tijorat salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Tomonlar ajratilgan vaqt loyihani to‘liq ishga tushirish uchun yetarli bo‘lishiga umid qilmoqda.

Shuningdek, Afg‘oniston jamoat ishlari vazirligi o‘rinbosari afg‘onistonlik temiryo‘lchilarni O‘zbekistonda tayyorlash bo‘yicha qator muzokaralar boshlanganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, ular Trans-Afg‘on avtomobil yo‘lini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun respublikadan mutaxassislarni taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Rekonstruksiya joriy yilning boshida boshlangan: loyihaning qiymati 7 milliard dollarga baholangan.

Mutaxassislarning fikricha, temir yo‘lni rekonstruksiya qilish va kengaytirish ikki davlat iqtisodiyoti yuksalishi uchun samarali bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, aynan Hayraton-Mozori Sharif yo‘li bo‘ylab O‘zbekiston tomoni Afg‘oniston aholisiga gumanitar yordam yetkazgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring