Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston razvedka xizmati Moskvaga bordi

O‘zbekiston razvedka xizmati Moskvaga bordi

Moskva shahrida MDH davlatlarining xavfsizlik va razvedka xizmatlarining XVII majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston razvedka xizmati vakillari ham ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning murojaati o‘qib eshittirildi. Uning fikriga ko‘ra, xalqaro terrorizm va ekstremizm, transmilliy jinoiy guruhlar, noqonuniy qurol savdosi, kiberjinoyat, narkobiznes, kontrabanda va noqonuniy muhojirlikka qarshi kurashda razvedka xizmatlaridan to‘liq foydalanish lozim.

Yig‘ilishda MDHning 9 davlati maxsus xizmatlari qatnashdi: O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Rossiya.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring