Ozarbayjonda pensiya yoshini pasaytirish taklif qilindi

Ozarbayjon Milliy majlisi deputati Ali Masimli 2017-yildan beri mamlakatda pensiya ta’minoti qattiqlashganini tanqid qildi. Bu haqda «Report» yozmoqda.
«Ozarbayjonda demografik vaziyat oldingidek emas: besh va undan ko‘p farzandli oilalar soni qisqargan. Ko‘p bolali oila tushunchasini qayta ko‘rib chiqishimiz kerak», — dedi deputat.
«So‘nggi 30 yilda pensiya yoshi jiddiy o‘zgartirilmadi. Xuddi shu davrda o‘rtacha umr ko‘rish yoshi ikki yilga oshdi. Erkaklar uchun pensiyaga chiqish yoshi 63, ayollar uchun 60 yoshligicha qolmoqda», — ta’kidladi Ali Masimli.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter