Ozarbayjon uchta sobiq «prezident»ni qo‘lga oldi
Ozarbayjon Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tan olinmagan Qorabog‘ Respublikasi sobiq prezidenti Araik Arutyunyanni qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda APA axborot agentligi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs Bokuga olib ketilgan.
Arutyunyan 2020-yil 21-maydan 2023-yil 1-sentabrgacha tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi prezidenti bo‘lgan.
Avvalroq, tan olinmagan respublikaning sobiq rahbarlari Arkadiy Gukasyan va Bako Saakyan ham hibsga olingani xabar qilingan.
Avvalroq, milliarder Ruben Vardanyan Armanistonga ketayotganda ozarbayjon chegarachilari tomonidan ushlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter