Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozarbayjon prezidenti «JCh-2018»ning ochilish marosimida qatnashadi

Ozarbayjon prezidenti «JCh-2018»ning ochilish marosimida qatnashadi

Foto:«Azvision.az»

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev «JCh-2018»ning ochilish marosimida qatnashish hamda chempionatning birinchi o‘yinini tomosha qilish uchun Moskva shahriga boradi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda. 

«Rosssiya va Ozarbayjon davlatlari rahbarlari «JCh-2018»ning ochilish marosimida qatnashadi», – deyiladi xabarda.

Futbol bo‘yicha jahon chempionati 14 iyun kuni Moskva shahridagi «Lujniki» stadionida boshlanadi. Ilk o‘yin Rossiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladi.

Avvalroq Germaniya kansleri ham «JCh-2018»ni tomosha qilish uchun Rossiyaga kelishini aytgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring