Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ostona! Yo‘q, Nursulton!» Tarafdorlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi

«Ostona! Yo‘q, Nursulton!» Tarafdorlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi

Foto: «ruposters.ru»

Bugun Qozog‘iston poytaxtidagi Navro‘z bayrami tantanalari nishonlanadigan maydonda Ostona shahri nomini Nursulton deb o‘zgartirishni qo‘llab-quvvatlovchilar va unga qarshilar o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi. Politsiya 20ga yaqin kishini qo‘lga olgan. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 20-mart kuni Qozog‘istonning yangi prezidenti Qosim-Jomart Toqayev respublika poytaxti nomini Nursulton deb o‘zgartirishni taklif qilgan va shu kuni Qozog‘iston parlamenti bu taklifni ma’qullagandi.

Shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt nomini o‘zgartirishga qarshilar meriya binosi yonida miting o‘tkazishga da’vat etildi. Shuningdek, internetda shahar nomini o‘zgartirishga qarshi onlayn-petitsiya ham e’lon qilindi. Uni shu vaqtga qadar 37 mingdan ortiq kishi imzolagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring