O‘rmonda adashgan qiz o‘n sakkiz kundan keyin topildi
Rossiyaning Buryatiyasida, o‘rmonda qutqaruvchilar deyarli uch hafta oldin adashib qolgan qizni topishdi.
Bu haqda Buryat respublikasi qidiruv-qutqaruv xizmati xabar berdi.
Tunkin tumanida yashovchi, 1994-yilda tug‘ilgan fuqaro 1 iyun kuni o‘rmon o‘simliklarini terish uchun o‘rmonga borgan.
Natijada, u yolg‘iz o‘rmonda 18 kun o‘tkazishga majbur bo‘ldi.
Qutqaruvchilar uni 20-iyun kuni topishgan, bungacha 130 kvadrat kilometrdan ortiq o‘rmonni kezib chiqishgan.
Qiz qoniqarli holatda shifokorlarga topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter