Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Orlando aeroportida «Delta Air Line» samolyotida yong‘in: 280 dan ortiq yo‘lovchi evakuatsiya qilindi

Orlando aeroportida «Delta Air Line» samolyotida yong‘in: 280 dan ortiq yo‘lovchi evakuatsiya qilindi

Kecha, 21-aprel kuni AQShning Orlando xalqaro aeroportida «Delta Air Line» aviakompaniyasiga tegishli yo‘lovchi samolyotida yong‘in chiqdi. Samolyot harakatlanishga tayyorlanayotgan paytda dvigatellardan birida olov chiqqan.

Federal Aviatsiya Ma’muriyati (FAA) ma’lum qilishicha, «Delta Air Line» 1213 reysi soat 11:15 da Atlantaga uchish uchun geytdan orqaga surilayotgan paytda samolyotning orqa qismida joylashgan dvigatellardan birida yong‘in yuzaga kelgan. Yo‘lovchilar shoshilinch to‘sinlar orqali evakuatsiya qilingan.

Orlando aeroporti matbuot kotibi bildirishicha:

«Yong‘in nazorat ostiga olindi va o‘chirildi. Hozirda yong‘inga qarshi xizmat xodimlari hodisa joyida.»

«Delta Air Line» esa quyidagicha izoh berdi:

«Yo‘lovchilarning hamkorligi uchun minnatdormiz va yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz. Xavfsizlik biz uchun eng muhim masala hisoblanadi. Yo‘lovchilarni manzilga yetkazish uchun qo‘shimcha samolyotlar tayyorlanmoqda.»

FAA mazkur holat yuzasidan rasmiy tergov boshlagan. «Delta Air Line» texnik mutaxassislari esa samolyotni to‘liq tekshiruvdan o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, «Delta Air Line»da avval ham shunga o‘xshash holatlar ro‘y bergan

2024-yil fevralda: Toronto aeroportida ob-havo tufayli samolyot ag‘darilib ketgan, 21 kishi jarohat olgan.

2024-yil yanvarda: Atlantada reys uchishni to‘xtatgan va 200 ga yaqin yo‘lovchi evakuatsiya qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring