Xorijda o‘quvchilar labiga igna sanchildi
Tailand maktablarining birida yetti yoshli o‘quvchi uyiga lablari qonagan holatda qaytadi. Buni ko‘rgan uning yaqinlari politsiyaga murojaat qiladi.
foto: 120.su
Politsiya maktab direktori bilan bog‘landi va 36 nafar o‘quvchining labida shunday jarohatlar borligi ma’lum bo‘ldi. Bu jarohatlar maktabdagi ikki o‘qituvchi tomonidan o‘ylab topilgan eng qaltis jazo edi. Ya’ni bunga sabab polga yopishgan saqich. O‘quvchilarning birortasi aybiga iqror bo‘lmagach ikki ayol ularni safga qator qilib lablariga igna sanchishni boshlashgan.
Xabarda aytilishicha, shafqatsiz o‘qituvchilar ishdan bo‘shatiladi. Maktab ma’muriyati xodimlari jabrlangan barcha bolalar va ularning ota-onalaridan uzr so‘radi. Ta’lim boshqarmasi tomonidan oilalarga pul kompensatsiyasi to‘lanadi, shuningdek, maktab o‘quvchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish xarajatlari qoplanadi. Chunki o‘quvchilarning barchasiga bitta igna ishlatilgan bu esa har qanday kasalliklarni yuqtirish xavfi degani.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter