Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijda o‘quvchilar labiga igna sanchildi

Xorijda o‘quvchilar labiga igna sanchildi

ru.freepik.com

Tailand maktablarining birida yetti yoshli o‘quvchi uyiga lablari qonagan holatda qaytadi. Buni ko‘rgan uning yaqinlari politsiyaga murojaat qiladi.

foto: 120.su

Politsiya maktab direktori bilan bog‘landi va 36 nafar o‘quvchining labida   shunday jarohatlar borligi ma’lum bo‘ldi. Bu jarohatlar maktabdagi ikki o‘qituvchi tomonidan o‘ylab topilgan eng qaltis jazo edi. Ya’ni bunga sabab  polga yopishgan saqich. O‘quvchilarning birortasi aybiga iqror bo‘lmagach ikki ayol ularni safga qator qilib lablariga igna sanchishni boshlashgan.

Xabarda aytilishicha, shafqatsiz o‘qituvchilar ishdan bo‘shatiladi.  Maktab ma’muriyati xodimlari jabrlangan barcha bolalar va ularning ota-onalaridan uzr so‘radi. Ta’lim boshqarmasi tomonidan oilalarga pul kompensatsiyasi to‘lanadi, shuningdek, maktab o‘quvchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish xarajatlari qoplanadi. Chunki o‘quvchilarning barchasiga bitta igna ishlatilgan bu esa  har qanday kasalliklarni yuqtirish xavfi degani.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring