Oq uy Xitoyni ogohlantirdi
Oq uy vakili Jen Psaki Xitoyni G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi kiritgan sanksiyalarga rioya qilmasa AQSh tomonidan javob choralari ko‘rilishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Psakining ta’kidlashicha, XXR hozircha sanksiya tartibiga amal qilyapti.
Kecha, 7-mart kuni XXRning BMTdagi doimiy vakili Chjan Szyun tomonlarni bosiqlikka chaqirgan va aksincha, Ukrainadagi harbiy to‘qnashuvlarni to‘xtatish bo‘yicha diplomatik harakatlarni tezlatish kerak, degandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter