O‘nta futbolchi chaqmoq tufayli hayotdan erta ko‘z yumdi
Uganda davlatida o‘nta futbolchi chaqmoq urishi natijasida hayotdan ko‘z yumdi. Ularning hammasi yosh yigitchalar bo‘lishgan. Bu haqda politsiya ma’lumotlariga tayanib «LADBible» xabar berdi.
Falokat 27 avgust kuni futbol maydonida yuz berdi. Bolalar somon tomli uychaning ostiga yashirinishga urinishgan. Biroq chaqmoq ularni ayab o‘tirmadi. To‘qqiz nafar futbolchi voqea joyida, yana bir nafari shifoxonaga olib ketayotganda yo‘lda jon berdi. Futbolchilar 10 yoshdan 16 yoshgacha yosh yigitchalar bo‘lishgan.
Mahalliy politsiyada yuz bergan voqeani «ayanchli va qayg‘uli hodisa» deb atashdi. Favqulodda vaziyatlar vaziri Musa Ekveruning so‘zlariga ko‘ra, yuz bergan voqeada muhandislar aybdor: ular bino tomiga yashinqaytargich o‘rnatishi kerak bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter