O‘n besh yildan buyon puldan butunlay voz kechib yashayotgan inson aniqlandi
Angliyalik erkak 15 yildan beri pulni o‘z ehtiyojidan chiqarib tashlaganini aytdi, deb yozadi Oddity Central. Bundan tashqari, britaniyalik zamonaviy texnologiyalardan uzoqroq yurishga harakat qiladi.
Mark Boyl 2008-yilda puldan foydalanishni to‘xtatdi. O‘sha paytda u ishda yaxshi mavqega ega va yuqori maosh olardi, lekin do‘sti bilan falsafiy suhbat davomida hayotini o‘zgartirishga qaror qildi. Ular dunyo muammolarini muhokama qilishdi va pul barcha muammolarning manbai degan xulosaga kelishdi.
Shundan so‘ng, Mark uyni sotib, eski furgonda yashashga ko‘chib o‘tdi. Erkak butunlay pul ishlatishdan bosh tortgan. Avvaliga bu qiyin edi, lekin qahramonimiz o‘z yo‘lidan qaytmadi va ishonganidek, baxtni topdi.
«Men haqiqiy xavfsizlik pul emas, do‘stlik va birodarlik ekanligini angladim», deb qo‘shimcha qildi britaniyalik.
Boyl o‘zi kabi yashash oson emasligini biladi va hamma ham undan o‘rnak olishi mumkin emasligini qo‘shimcha qildi. Biroq, u o‘z harakati odamlarni qadriyatlar haqida o‘ylashga majbur qilishiga ishonadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter