Olmaotada yong‘in: odamlar ko‘pqavatli uydan o‘zini pastga tashladi
Qozog‘istonning Olmaota shahridagi ko‘p qavatli uydagi yong‘in chiqdi. Kadrlarda ayrim kishilar yonayotgan binoning derazalaridan sakrab tushganini ko‘rish mumkin. Hatto bolalarni pastga tashlashib, ular gilam yordamida ushlab qolindi, deb xabar bermoqda Zakon.kz nashri.
Olmaota shahar Favqulodda vaziyatlar departamenti matbuot xizmati xabar berishicha, yong‘in shaharning Olatau tumanida sodir bo‘lgan.
16-qavatli uyning beshinchi qavatidagi xonadon yonmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 250 kishi zina orqali evakuatsiya qilingan, 40 kishi narvonlar yordamida qutqarib olingan. Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining kuch va vositalari: 50 nafar shaxsiy tarkib va 14 ta texnika, jumladan, 3 ta narvon jalb etilgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, o‘t o‘chiruvchilar evakuatsiya zinapoyasidan foydalana olmayapti, chunki ba’zilar zinapoyalarini yopib qo‘ygan.
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining aniqlik kiritishicha, 5 va 6-qavatlar sathidagi lift shaxtasida elektr kabellari yonib ketgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter