Olimlar: tarixdagi eng qo‘rqinchli zilzila xavfi bor

Massachusets Amherst universiteti olimlari Kaliforniya (AQSh) dagi San-Andreas yorig‘i bo‘ylab bir necha oylardan beri mikro yer silkinishlari sodir bo‘layotganini aniqlashdi. Hodisa sabablari na seysmologlar, na boshqa olimlarga ma’lum, deb xabar qilmoqda «Science Alert».
Tinch okeani va Shimoliy Amerika litosfera plitalari oralig‘idagi San-Andreas yorig‘ining uzunligi 1300 kilometr. Butun Kaliforniya bo‘ylab o‘tgan bu yoriq oldin ikki marta katta zilzilaga sabab bo‘lgan. Olimlarning ta’kidlashlaricha, ushbu litosfera plitalarining siljishi yoki fanga noma’lum chuqur yer ostidagi istalgan boshqa jarayonlar 8,0 va undan yuqori magnitudali zilzilani keltirib chiqarishi mumkin.

Bu hammasi emas. San-Andreasdan tashqari, Kaliforniyada «tektonik bomba» — Heyvord yorig‘i ham bor. Heyvord AQShning eng chiroyli shaharlaridan biri San-Fransisko joylashgan qirg‘oqbo‘yi hududi bo‘ylab o‘tgan.
Agarda olimlarning xavotiri chinga aylansa, «tramvaylar shahri» ortidan «farishtalar shahri» — Los-Anjeles ham yo‘qlikka ravona bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter