Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar Qadimgi Misr mumiyolari qabrlaridagi qoplamalar sirini fosh etishdi

Olimlar Qadimgi Misr mumiyolari qabrlaridagi qoplamalar sirini fosh etishdi

Foto: «dailymail.co.uk»

Britaniya muzeyi olimlari Qadimgi Misrda mumiyo qabrlarini qoplagan modda tarkibini aniqlashdi. Bu haqda «Daily Mail» xabar berdi.

Mutaxassislar tadqiqot uchun miloddan avvalgi 1300 va 750-yillar oralig‘ida yog‘och sarkofag qatlamlarida qattiqlashgan qora materialdan 100 ta namuna olishgan. Buni qarangki, yopishqoq qoplama o‘simlik yog‘i, hayvon yog‘i, daraxt qatroni, asal mumi va qattiq neft xomashyosidan tayyorlangan. Olimlarning aytishicha, ehtimol, tarkibida boshqa mahsulotlar ham bo‘lishi mumkin: oradan shuncha vaqt o‘tganligi uchun ularni aniqlashning iloji bo‘lmayapti.

Britaniya muzeyi ilmiy tadqiqotlar bo‘limi xodimi, fan doktori Keyt Fulcher mumiyo nima uchun aynan qora modda bilan qoplanganini so‘zlab berdi. Tadqiqotchi buni qayta tirilish xudosi Osiris bilan bog‘lagan.

«Dafn matnlarida Osiris ko‘pincha qora terida va mumiyolangan tana ko‘rinishida tasvirlangan. Shunga ko‘ra, qabrlarga bunday qoplamani surtish amaliyotini qayta tirilish bilan bog‘lash mumkin», — dedi Fulcher.

Shuningdek, bunday modda asosan ijtimoiy mavqega ega kishilarning qabrlarida aniqlanishi uni hamma joydan ham topib bo‘lmaganligini tasdiqlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring