Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar Yer yuzidagi eng «o‘lik» hududni aniqlashdi

Olimlar Yer yuzidagi eng «o‘lik» hududni aniqlashdi

Foto: «travel.ru»

Fransiyada Parij-syud universiteti olimlari Efiopiyadagi Dallol vodiysida tadqiqot o‘tkazishgach, u yerda hech qanday bakteriya bo‘lishi mumkin emas, degan xulosaga kelishdi. Bu haqda «Nature Ecology & Evolution»ga tayanib «Regnum» xabar berdi.

Sayyora yuzasida suv bo‘lishi ko‘pincha yashashga yaroqli mezon sifatida qaralardi. Lekin bizning tadqiqotlarimiz Yer yuzida suv bo‘lishiga qaramay, mutlaqo hayotsiz joylar ham borligini isbotladi, — deydi mutaxassislar.

Ularning ta’kidlashicha, vodiydagi suv harorati 109 daraja atrofida, ustiga-ustak, nihoyatda sho‘r va nordon. Ularning fikricha, bunday sharoitda har qanday tirik hujayralar parchalanib ketadi.

Bundan oldin ispan olimlari Dallol vodiysida bakteriyalarni aniqlash bo‘yicha tadqiqot natijalarini chop etishgandi, biroq fransuz mutaxassislari buni inkor etishmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring