Olimlar eng ulkan halokat sababini aniqlashdi
Yer tarixida jonli mavjudotlarning eng mislsiz qirilib ketishiga vulqonlar sabab bo‘lgan. Sinsinnati (AQSh) hamda Xitoy geofanlari universiteti olimlari shunday xulosaga kelishdi.
Mutaxassislar ko‘mir yonishi oqibatida atmosferada paydo bo‘luvchi simob izlarini 252 million yillik qatlamlarda topishdi. Bu simob keyinchalik yomg‘ir suvlariga qo‘shilib, barcha dengizlarga va Dunyo okeaniga kelib tushgan.
Zamonaviy Sibir hududlarida yuz ming yillar tinmay vulqonlar otilgan. Shuncha vaqt davomida havoga uch million kub kilometrgacha vulqon kullari sochilib, sayyoramizda havo harorati kamida 10 darajagacha yuqorilagan, dengiz suvlarining kislotalanishi kuchayib ketgan.
Vulqonlar oqibatida dengiz jonivorlarining 96 foizi, quruqlikdagi umurtqalilarning 73 foizi, hasharotlarning 83 foizi qirilib ketgan.
Ma’lumot uchun: olimlarning aniqlashlaricha, Yerda havo haroratining 1,5 darajaga ko‘tarilishi o‘simliklarning 8 foiz, hasharotlarning 6 foiz, umurtqalilarning 4 foizga kamayib ketishiga olib keladi. Agarda havo harorati 2 darajaga ko‘tarilsa, sayyoramizdagi biologik xilma-xillik teng yarmiga qisqarib ketishi xavfi bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter