Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘limidan uch yil o‘tib egizakning otasi bo‘ldi

O‘limidan uch yil o‘tib egizakning otasi bo‘ldi

Foto: «Daily Mail»

Angliyaning Bristol shahrida istiqomat qiluvchi ayol ekstrakorporal urug‘lantirish yordamida (EKU) uch yil avval vafot etgan turmush o‘rtog‘idan egizak farzandlarini dunyoga keltirdi. Bu haqda Britaniyaning «Daily Mail» gazetasi xabar berdi.

Lyusi Kelsoll 2012-yilda Devidga turmush chiqqan. Ular farzandli bo‘lishni xohlagan. Lekin... Ikki yildan so‘ng Devidga qo‘rqinchli hiqildoq saratoni tashxisi qo‘yildi. Shunda er-xotin mabodo Devid vafot etgudek bo‘lsa, Lyusi EKU yordamida homilador bo‘lishi uchun embrionlarni muzlatib qo‘yishga qaror qilishdi.

2017-yilda Devid bo‘ynidagi operatsiya qilib bo‘lmaydigan o‘sma tufayli hayotdan ko‘z yumdi.

«O‘limidan bir necha kun oldin unga ota bo‘lishini aytdim, — deb eslaydi 37 yoshli Lyusi. — Bu uni juda baxtiyor qilgandi. U ajoyib ota bo‘lardi».

2019-yilda ikkinchi EKU urinishidan so‘ng Lyusi egizak bolaga homilador bo‘ldi. Ularga Devid va Samuel deb ism qo‘ydi.

«Otasi hayotining bir qismiga aylansin deya, bolakaylarga har kuni ularning otasi haqida so‘zlab beraman. Ustiga-ustak, Devid bilan birga tushgan suratlarimiz bor, — dedi Lyusi. — Bolalarning dunyoga kelishi Devid abadiy qalbimizda qolishini tasdiqladi».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring