Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oligarxlar Kiyevdan qochishni boshladi

Oligarxlar Kiyevdan qochishni boshladi

Foto: «LIGA.net»

Ukrainalik oligarxlar charter reyslari orqali mamlakatni tark etishni boshladi. Bu haqda «Ukrainskaya pravda» xabar berdi.

Xabarda 6 yillik kuzatuvlar davomida bunchalik ko‘p charterlar bo‘lmagani aytiladi.

Flightradar ma’lumotiga ko‘ra, Rinat Axmetov, Boris Kolesnikov, Vadim Novinskiy va boshqa oligarxlarning samolyotlari Kiyevdan uchib ketgan. Millioner va deputat Igor Abramovich 50 kishilik samolyotga buyurtma bergani haqida xabarlar bor.

Kecha, yakshanbaning o‘zida Kiyevdan 20 ga yaqin charter reys amalga oshirilgan.

Rinat Axmetovning yakshanba kuni uchib ketgan samolyoti.

Avvalroq ayrim mamlakatlar hukumatlari o‘z fuqarolaridan, bu yerda yuzaga kelgan tanglik sabab, Ukrainani zudlik bilan tark etishni so‘ragandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring