O‘lgani aytilgan Ukraina razvedkasi rahbari kutilmaganda paydo bo‘ldi
Ukraina Razvedka Bosh boshqarmasi rahbari Kirill Budanov Ukraina televideniyesi efiriga chiqdi va o‘zining o‘limi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi. Uning nutqi «Suspílne telekanali tomonidan namoyish etildi.
Budanovning aytishicha, «u bilan hammasi yaxshi va o‘limi haqidagi mish-mishlarni tabassum bilan qabul qilmoqda».
Budanov o‘zining sog‘-salomatligini ta’kidlab, Rossiya rasmiy OAVlarini feyk xabar tarqatishda ayblagan.
Razvedka xizmati rahbarining yaralanishi haqida o‘tgan oy oxirida xabarlar tarqalgandi. O‘shanda RIA «Novosti» agentligining xabar berishicha, Budanov 29-may kuni Kiyevga uyushtirilgan tungi hujum paytida og‘ir yaralangan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham mamlakat qurolli kuchlari Ukraina razvedka xizmatiga raketa zarbasi berganini ta’kidlagandi.
Bungacha Budanov «dunyo bo‘ylab ruslarni yo‘q qilish» haqidagi gaplari bilan mashhur bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter