Odamzod farzandini o‘ldirish uchun suvga otyapti, fillar bolasini qutqarish uchun o‘lyapti
Tailand janubida joylashgan Xao Yay milliy bog‘ida sharshara tagida qolgan bolasini qutqarishga uringan beshta fil halok bo‘ldi, deb xabar berdi «Matichon Online».
Fil bolasining tovushini eshitib yetib kelgan milliy bog‘ xodimlari daryoda uch yoshli fil bolasi va uni qutqarishga urinayotgan ikkita katta filga duch kelishadi.
Sharshara pastiga tushgan reynjerlar yana beshta filning jasadini topishadi. Omon qolgan fillarni bir necha soatdan so‘ng arqon yordamida qutqarib olishadi.
Yaqinda Namanganda aliment to‘lashni istamagan ota 2 yoshli farzandini Shimoliy Farg‘ona kanaliga otib yuborgandi. Yuqoridagi xabarni o‘qib, odamzodning qanchalik tubanlashib ketayotganidan qahrlanasan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter