Almazbek Atambayevni 15 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi so‘raldi
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevga jinoyatchi Aziz Batukayevni noqonuniy tarzda qamoqdan ozod qilish ishi bo‘yicha mol-mulkini musodara qilgan holda 15 yilga ozodlikdan mahrum qilish so‘ralmoqda. Bu haqda uning advokati Zamir Jooshev ma’lum qilgan.
Ta’kidlanishicha, sobiq prezident korrupsiyada ham ayblanmoqda. Biroq da’vogar tomonidan Atambayevning aybdorligi bo‘yicha yetarli dalil keltirilmagan, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Batukayevning ozod etilishi yuzasidan ish 2019-yilda ochilgan. Jinoiy ish materiallariga ko‘ra, koloniyada qo‘zg‘olon ko‘tarishda ayblanib, jazo muddatini o‘tayotgan Batukayev 2013-yili unga saratonning so‘nggi bosqichi diagnozi qo‘yilganligi haqidagi tibbiy xulosaga asosan muddatidan avval ozodlikka chiqqan. Ozodlikka chiqqanidan bir necha soat o‘tgach, Batukayev yangi pasport bilan Qirg‘izistonni tark etgan. Tergovga ko‘ra, uning qamoqdan ozod etilishida yuqori lavozimdagi amaldorlar, shu jumladan Atambayevning ham qo‘li bor.
Ular uyushgan jinoiy to‘da manfaati uchun korrupsiyani tashkil qilganlikda ayblanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Atambayev 2019 yil avgustda qo‘lga olingan edi. Biroz avval uning qamoqda sog‘lig‘i yomonlashgani haqida xabarlar e’lon qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter