Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: KXDRning yuqori martabali diplomati Janubiy Koreyaga qochdi

OAV: KXDRning yuqori martabali diplomati Janubiy Koreyaga qochdi

KXDRning Kuvaytdagi elchixonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Ryu Xen U Janubiy Koreyaga qochib ketdi, deb xabar bermoqda «Renxap» agentligi o‘z axborot manbasiga asoslanib.

«2017-yilda BMT rezolyusiyasi asosida elchi Seo Chxan Sik Quvaytdan quvilganidan beri elchixonaning muvaqqat ishlar bo‘yicha vakili sifatida ishlagan Ryu Xen U oilasi bilan Janubiy Koreyaga ketdi» deya aytiladi xabarda.

Manbada diplomatning qochib ketishi tafsilotlari keltirilmagan.

Biroq, OAV Ryu Xen Uning 2019-yil sentyabr oyida ham Janubiy Koreyaga ketgani haqida xabar tarqatgan edi.

Ryu Xen U o‘z farzandlarining kelajagi uchun janub tomon yo‘l olgan degan taxminlar mavjud.

Janubiy Koreya Milliy razvedka boshqarmasi Ryu Xen Uning qochib ketishi to‘g‘risida izoh berishdan bosh tortgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring