OAV koronavirusdan zarar ko‘rgan sohalar ro‘yxatida — Rossiya
Rossiyada koronavirus pandemiyasi oqibatida eng ko‘p zarar ko‘rgan iqtisodiyot sohalari ro‘yxatiga OAV va bosma mahsulotlar ishlab chiqarish ham kiritildi.
Hukumat rahbari qaroriga ko‘ra, zarar ko‘rgan boshqa sohalar qatori kitoblar, gazeta-jurnallar chop etuvchilar, telekompaniyalar va radiostansiyalar, tarmoq nashrlari, axborot agentliklari davlat ko‘magini olish huquqiga ega bo‘ladi. Ro‘yxatga gazeta faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar ham kiritilgan.
Rossiya mediasi koronavirus va u bilan bog‘liq cheklovlar sharoitida faoliyatini davom ettiryapti. Biroq kitoblar, davriy nashrlar, obunadan va reklamadan tushadigan daromadlar tinmay qisqarib boryapti.
«Hozir OAVning roli yanada muhim: fuqarolar bo‘layotgan voqealar haqida tezkor va ishonchli ma’lumot olishlari kerak», — dedi Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin.
Koronavirus inqirozi sharoitida rus mediasiga quyidagicha imtiyozlar taklif etilyapti:
- yarim yilga soliqlardan (QQSdan tashqari) ozod etilish;
- davlat, munitsipial va xususiy maqomdagi ko‘chmas mulk ob’yektlaridan foydalanishda ijara to‘lovlaridan ozod etilish;
- birlamchi ehtiyojlar va maosh to‘lash uchun foizsiz kredit olish;
- istalgan maqsadlar uchun 2 foizlik imtiyozli kredit olish;
- bankrotlikdan hamda rejali va rejasiz tekshiruvlar uchun moratoriy va boshqalar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter