Nursulton Nazarboyev koronavirus yuqtirdi
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevda koronavirus qayd etilgan.
Bu haqda Elboshining rasmiy saytida xabar berilgan.
«Afsuski, koronavirus uchun test ijobiy natija ko‘rsatdi. Qozog‘iston birinchi prezidenti hozir o‘zini o‘zi yakkalagan. Xavotirlanishga sabab yo‘q»- deyiladi xabarda.
Qozog‘istonda shuningdek, sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov, Majlis rahbari Nurlan Nigmatulin, prezident matbuot kotibi Berik Uali ham koronavirusga chalingani ma’lum edi.
Qozog‘iston hukumati ham izolatsiya tartibida ishlamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter