Nursulton Nazarboyev davlat qo‘riqchilaridan mahrum qilinadi
Tegishli farmon Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev tomonidan imzolandi. Farmonga ko‘ra, Davlat xavfsizlik xizmati 4 avgustdan mamlakatning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev xavfsizligini ta’minlamaydi.
Aniqlik kiritilishicha, o‘zgartirishlar «Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonun bekor qilinganidan keyin kiritilgan.
Hozirda Nazarboyevga davlat tomonidan kvartira, dala hovli, haydovchilar bilan avtomobil, Qozog‘iston bo‘ylab bepul sayohat va boshqa imtiyozlar berilgan.
Ma’lumot uchun, «Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidenti – Elboshi to‘g‘risida»gi qonun joriy yilning fevral oyida o‘z kuchini yo‘qotgan edi. Ushbu qonun sobiq prezident Nazarboyev va uning qarindoshlari uchun ko‘plab imtiyozlar bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter