Novosibirskda tanishining bolalarini o‘g‘irlagan muhojirga hukm o‘qildi
Huquq idoralari xabariga ko‘ra, Qirg‘izistonning 28 yoshli fuqarosi Novosibirskka ishlashga kelgan va qaramog‘ida besh nafar farzandi bo‘lgan tanishining xonadonida yashagan. Kunlarning birida yaxshilikka yomonlik deganlaridek, fuqaro bolalarning uch nafarini o‘g‘irlab ketish va ota-onasidan 15 ming rubl to‘lov evaziga qaytarish g‘oyasini amalga oshiradi.
2022-yil dekabr oyi o‘rtalarida u bolalar bilan Tomskka yo‘l oladi. Rejani shu qadar puxta tuzadiki, nafaqat bolalarning hujjatlari balki uy egalarining pasportlarini ham o‘g‘irlaydi.
Ammo vokzalda huquq-tartibot idoralari xodimlari fuqaroning hatti-harakatlaridan shubhalanishgan va hibsga olishgan. Muhojir keyinchalik bolalarni Rossiyadan tashqariga olib ketishni niyat qilgan.
Novosibirskning Kirov tuman sudi muhojirni 5 yilu 1 oyga ozodlikdan mahrum qildi. Hukm qonuniy kuchga kirgach, erkak qattiq tartibli koloniyaga jo‘natiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter