Notr Dam ibodatxonasini tiklashga qancha vaqt ketadi? Prezident va mutaxassislar turli fikrda
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Notr Dam ibodatxonasi 5 yil davomida qayta tiklanishi borasida bayonot berdi. Prezident ibodatxonani «avvalgidan ham chiroyliroq» qilishga va’da bergan.
Ammo mutaxassislarning xulosasi ancha tushkunroq kayfiyatda. Turli baholashlarga ko‘ra Notr Dam ibodatxonasini qayta tiklashga 10 yilgacha vaqt ketishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, sobor 15 aprelda yonib ketgan edi. Yong‘in natijasida tomning katta qismi va minora yonib ketgan. Faqat 16 aprel tongida o‘t o‘chiruvchilar olovni to‘liq o‘chirishga muvaffaq bo‘lishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter