Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nobel mukofoti sohibi 10 yilga qamaldi — Belarus

Nobel mukofoti sohibi 10 yilga qamaldi — Belarus

Belarusda huquq himoyachisi va Nobel mukofoti sovrindori Ales Belyaskiy 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Hukmni Minskning Lenin tumani sudi chiqardi. Belyaskiy soliqlarni to‘lamaganlik, «jamoat tartibini qo‘pol buzuvchi» aksiyalarni tashkillashtirish va moliyalashtirishda ayblandi. Jazoni kuchaytirilgan tartibdagi qamoqxonada o‘taydi.

Belyaskiy bilan birga huquqni himoyalash sohasidagi hamkasblari ham sudlandi: Valentin Stefanovichga 9 yil, Vladimir Labkovichga 7 yil, Dmitriy Solovyovga 8 yil (chet elda bo‘lgani uchun unga sirtdan hukm o‘qildi) qamoq jazosi berildi.

Belyaskiy o‘ziga qo‘yilgan ayblovga iqror bo‘lmadi.

Ushbu hukm G‘arb jamoatchiligini larzaga keltirdi. Xususan, Germaniya TIV rahbari Annalena Berbok ushbu sudni Lukashenko rejimining fuqarolik jamiyati ustidan zo‘ravonligi deb atadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring