Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nobel-2018: mukofotning dastlabki sohiblari aniq bo‘ldi

Nobel-2018: mukofotning dastlabki sohiblari aniq bo‘ldi

Foto: nsn.fm

Shvetsiya akademiyasi bugun, 1-oktyabr kuni 2018-yilgi dastlabki Nobel sohiblari nomini e’lon qildi. Bu haqda Nobel qo‘mitasining «Twitter»dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.


View image on Twitter
The Nobel Prize @NobelPrize

BREAKING NEWS
The 2018 in Physiology or Medicine has been awarded jointly to James P. Allison and Tasuku Honjo “for their discovery of cancer therapy by inhibition of negative immune regulation.”

Tibbiyot va fiziologiya yo‘nalishidagi Nobel mukofoti Jeyms P.Ellison va Tasuku Xondzyoga topshiriladi. Ular saraton xastaligini davolash bo‘yicha o‘zlari ishlab chiqqan usul uchun yuksak mukofotga loyiq deb topildi.

Ikki olim ishlab chiqqan usulda saratonni immun tizim tormoz mexanizmlarini sekinlashtirish hisobiga yengish ko‘zda tutilgan.

Jeyms P.Ellison — immunolog va saraton immunoterapiyasi bo‘yicha mutaxassis, Texas universiteti onkologiya markazi professori.

Tasuku Xondzyo — immunolog, ko‘plab mukofotlar sohibi, Kioto universitetida faoliyat yuritadi.

Eslatib o‘tamiz, mukofotlash marosimi 10-dekabr — Alfred Nobel vafot etgan kuni bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring